Yolda
← Blogga qaytish

Avtomaktablar uchun: oʻquvchilar tayyorligini qanday oʻlchash mumkin

Avtomaktab uchun har bir yiqilgan oʻquvchi — obroʻ va vaqt yoʻqotish. Lekin an'anaviy usulda instruktor oʻquvchining haqiqiy darajasini imtihon kunigacha bilmaydi.

Tayyorlik bali nima?

Yoʻlda har bir oʻquvchi uchun 0 dan 100 gacha tayyorlik balini hisoblaydi:

  • 60% — imtihon simulyatsiyasidagi eng yaxshi natija
  • 10% — kamida bir marta simulyatsiyadan oʻtganlik
  • 30% — mashq hajmi (muntazamlik)

Oʻquvchi 2 hafta mashq qilmasa, bal pasaya boshlaydi — «uxlab qolgan» oʻquvchini darhol koʻrasiz.

Bu amalda nima beradi?

Instruktorga: guruh jadvalida kim «yashil» (tayyor), kim «qizil» (xavf ostida) — bir qarashda. Kimga qoʻshimcha eʼtibor kerakligi aniq.

Maktab rahbariga: guruhlar kesimida statistika, imtihonga tavsiya qilish uchun obyektiv mezon (85+ bal), ota-onalar bilan suhbatda aniq raqamlar.

Oʻquvchiga: «tayyorman/tayyor emasman» degan taxmin oʻrniga aniq maqsad.

Qanday ulanish mumkin?

Yoʻlda avtomaktablar uchun alohida kabinet taklif qiladi: oʻquvchilarni ommaviy qoʻshish (200 tagacha bir klikda), guruhlar, taklif kodlari va instruktorlar uchun alohida kirish. Narx — oʻquvchi boshiga oyiga 20 000 soʻm.