Avtomaktablar uchun: oʻquvchilar tayyorligini qanday oʻlchash mumkin
Avtomaktab uchun har bir yiqilgan oʻquvchi — obroʻ va vaqt yoʻqotish. Lekin an'anaviy usulda instruktor oʻquvchining haqiqiy darajasini imtihon kunigacha bilmaydi.
Tayyorlik bali nima?
Yoʻlda har bir oʻquvchi uchun 0 dan 100 gacha tayyorlik balini hisoblaydi:
- 60% — imtihon simulyatsiyasidagi eng yaxshi natija
- 10% — kamida bir marta simulyatsiyadan oʻtganlik
- 30% — mashq hajmi (muntazamlik)
Oʻquvchi 2 hafta mashq qilmasa, bal pasaya boshlaydi — «uxlab qolgan» oʻquvchini darhol koʻrasiz.
Bu amalda nima beradi?
Instruktorga: guruh jadvalida kim «yashil» (tayyor), kim «qizil» (xavf ostida) — bir qarashda. Kimga qoʻshimcha eʼtibor kerakligi aniq.
Maktab rahbariga: guruhlar kesimida statistika, imtihonga tavsiya qilish uchun obyektiv mezon (85+ bal), ota-onalar bilan suhbatda aniq raqamlar.
Oʻquvchiga: «tayyorman/tayyor emasman» degan taxmin oʻrniga aniq maqsad.
Qanday ulanish mumkin?
Yoʻlda avtomaktablar uchun alohida kabinet taklif qiladi: oʻquvchilarni ommaviy qoʻshish (200 tagacha bir klikda), guruhlar, taklif kodlari va instruktorlar uchun alohida kirish. Narx — oʻquvchi boshiga oyiga 20 000 soʻm.